Saloh "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
21 avg 2022, 14:44
"Liverpul" yetakchilaridan biri Muhammad Salohni "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin kutib turibdi.

Uchrashuv Angliya Premer-ligasining 3-turi doirasida bo'lib o'tadi.

"Biz top futbolchilardan iborat jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Ular mavsum startida omadsizlikka uchradilar va hozirda faqatgina g'alaba ilinjida maydonga tushadilar. "Yunayted"ni hurmat qilaman. Raqib jamoa muxlislarini xursand qilish uchun bor kuchi bilan kurashishini tushunamiz. Demak, "Liverpul" uchun bo'lajak bahs juda qiyin bo'ladi", - dedi misrlik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLni ikkita mag'lubiyat bilan boshlagan, "Liverpul" esa ikki bor durang o'ynagan.

Uchrashuv Manchestyerda, 23 avgustga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports