Saloh La Liga grandiga vada bergani ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
5 iyun 2022, 09:25
Bu haqda “Mirror” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh “Barselona” rahbariyatiga 2023 yil erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga borib qo'shilishni vada qilgan.

Shu tufayli misrlik “qizillar” bilan shartnomasini uzaytirmayotgani aytilmoqda. Avvalroq, Saloh yangi mavsumni ham “Liverpul”da o'tkazishi haqida gapirib o'tgandi.

29 yoshli futbolchining transfer narxi esa 100 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror