Saloh: "Chempionlar ligasidagi g'alaba shaxsiy sovrinlardan muhimroq"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018
"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh joriy mavsum Chempionlar ligasidagi g'alaba qanchalik muhimligi haqida aytib berdi.

"Nimani tanlagan bo'lardim - turnirda g'olib bo'lish yoki shaxsiy sovrin yutish? Agar menda shunday tanlov bo'lganida, Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istardim. Bu har bir futbolchi uchun juda muhim va ahamiyatli sovrin" - deydi Saloh.

Saloh APLning 34-tur o'yinida joriy chempionatdagi 30-golini urdi va to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. 25 yoshli misrlik Premer-ligada yil futbolchisi nomiga davogarlik qilmoqda.

"Liverpul" hamda "Roma" o'rtasidagi ilk yarim final o'yini 24 aprel kuni, javob bahsi esa 2 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters