Salax 11-raqam uchun Firminoga rahmat aytdi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 12:12
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Muhammad Salax mersisaydlar jamoasida avval Roberto Firmino o'ynagan 11-raqam ostida harakat qiladi.

"Firminoga rahmat aytmoqchiman. Menga 11-raqam yoqadi. Bu raqam ostida "Roma"da va terma jamoada o'ynaganman. Undan minnatdorman" - deydi Salax

OAV ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli misrlik "Liverpul" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha belgilangan. Futbolchining yillik maoshi 5,5 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com