Salani qidirish uchun bir kunda 120 ming evro yig'ildi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 16:55
Fransiyada "Kardiff Siti"ning argentinalik hujumchisini topish uchun mablag' yig'ish akciyasi boshlandi.

Oldinroq, Gernsi policiyasi yo'qolgan samolyot va futbolchini izlash ishlarini to'xtatgan edi. Biroq Salaning oilasi o'z hisobidan qidiruv ishlarini davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi yaqinlari qidiruv ishlari uchun pul yig'a boshlashdi. Ular bir kun ichida 120 ming evro ishlab topishdi.

Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe