Salahning davolanish jarayonini Misr futbol Assotsiatsiyasi prezidenti nazorat qilmoqda

Tolibjon Qosimov
28 may 2018, 15:44
Misr terma jamoasi yetakchisi Muhammad Salah 26 may kuni "Real"ga qarshi YCHL finali (1:3)da elkasidan jarohat olgan edi.

Milliy terma jamoa va "Liverpul" shifokorlar shtabining Muhammad Salahni davolash borasidagi harakatlarini Misr futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Xani Abu Ridaning shaxsan o'zi nazorat qilmoqda. Bu haqda MFA matbuot xizmati xabar berdi.


Misr mundialdagi birinchi o'yinini 15 iyun kuni Urugvayga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Pharaohs