

Terma murabbiylar shtabi musobaqa uchun qaydnomani e'lon qilishdi, unda mersisaydliklar hujumchisining ismi keltirilmagan. Buning sababi "Liverpul"ning o'yinchini Tokiodagi o'yinlarga borishga ruxsat bermaganidir.
Saloh 2020/21 yilgi mavsum Angliya chempionati doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Tokiodagi Olimpiada o'yinlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar o'tkaziladi.



