Salah Jerrardning rekordiga yaqinlashdi

Alisher
24 okt 2019, 11:30
"Liverpul" YCHL 3-tur doirasida "Genk" (4:1) ustidan g'alaba qozondi.

O'yinda inglizlar forvardi Muhammad Salah bitta gol urishga erishdi. Bu misrlik o'yinchi uchun "Liverpul" tarkibida YCHLdagi 18-gol bo'ldi.

Salah bu ko'rsatkich bilan klub tarixida ikkinchi o'ringa chiqib oldi va Stiven Jerrardning rekordiga yaqinlashdi. Jerrardning hisobida 21ta gol bor.

Yana bir ma'lumot, "Liverpul" so'nggi 2 yil ichida ilk bor guruh bosqichida mehmondagi o'yinda g'alaba qozondi.

Eslatib o'tamiz, Misr terma jamoasi futbolchisi "Liverpul"ga 2017 yilda "Roma"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia