Salah diskvalifikaciyadan qutulib qoldi

“Liverpul” a'zosi Muhammad Salah Angliya futbol uyushmasi (FA) tomonidan diskvalifikaciya qilinmaydigan bo'ldi.

Misrlik futbolchi APL 36-turidan o'rin olgan “Stok Siti”ga (0:0) qarshi o'yinda raqib himoyachisi Bruno Martins Indi boshiga musht tushirmoqchi bo'lgandi, ammo hakamlar bu vaziyatni e'tibordan chetda qoldirgan edi.

Agar Muhammad Salah jazolanganida 3 ta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'lar edi.


Manba: FootballHD