Salah 2017 yilning eng yaxshi arab futbolchisi

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2018
"Liverpul" va Misr terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Salax 2017 yilning eng yaxshi arab futbolchisi deb topildi.

Bir necha arab mamlakatlarining 100 nafar sport jurnalisti ishtirok etgan so'rovnomada 25 yoshli futbolchi birinchi o'rinni egalladi.

Suriyalik hujumchisi Umar Hrbin ikkinchi o'rinni, boshqa suriyalik forvard Umar Al-Soma esa uchinchi o'rinni egalladi.

Salax 2017 yilning yozida "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. U hozirgacha ingliz klubi safida o'tkazgan rasmiy uchrashuvlarda 23ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP