Sakki: "Milan" skudetto uchun "Yuventus" bilan kurashishga qodir"

Aslanov Jasurbek
23 avg 2018, 18:14
"Milan" sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakkining fikricha, yangi mavsumda "rossonerlar" "Yuventus"ning jiddiy raqibiga aylanishi mumkin.

"Yuventus" - favorit, bu aniq. Ammo mening fikrimcha, agar Gattuzo bir qadam olg'a yursa, "Milan" skudetto uchun "Yuventus" bilan kurashishi mumkin.

Iguain - ajoyib xarid. Ammo asosiysi - asosida Maldini va Leonardo turgan klubning o'z kuchi. Bu insonlar bir paytlar "Milan"ni cho'qqida ushlab turishgan" - deydi Sakki.

"Milan" A Seriyaning ikkinchi turida "Napoli" mehmoni bo'ladi. Bahs 25 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Serra