Sakaev bilan Jabborov "Oq-tepa"da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2014, 18:50
Toshkentning "Oq-tepa" jamoasida yangi murabbiylar ish boshladi.
Avval xabar berganimizdek, birinchi liga jamoasi bo'lmish "Oq-tepa"da bosh murabbiy Furqat Esonboevga yangi murabbiylar yordam beradigan bo'ldi. Kutilganidek Eldor Sakaev Toshkent jamoasida faoliyatini boshladi.
Shuningdek Anvar Jabborov ham murabbiy shtabidan o'rin egalladi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Sakaev jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlasa, Jabborov darvozabonlarni shug'ullantiradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia