Saidumarxon Saidnurullaev: Eronni mag'lub etib, guruhdan 1-o'rin bilan chiqishni maqsad qilganmiz

Khoja
19 fev 2025, 08:22
O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Saidumarxon Saidnurullaev Eronga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Bizni yaxshi o'yin kutib turibdi. Birinchi vazifa - guruhdan chiqdik, lekin 3-turda ham g'alaba qozonib, 1-o'rin bilan guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. G'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Eron haqida

- Murabbiylarimiz bilan raqibni o'rganib chiqdik, Eron bilan har doim o'yinda raqobat bo'lgan. Ikkala jamoa ham chorak finalgan chiqqan bo'lsa ham, menimcha, bu ahamiyatsiz. Chunki ular ham biz ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Yaxshi raqib, lekin bizda ham o'zimizning rejamiz bor.

- Chorak final va ehtimoliy raqiblar haqida

- Hozir bor e'tiborimiz ertangi o'yinga qaratilgan. Eron bilan o'yindan keyin chorak final haqida o'ylaymiz. O'zini oldiga maqsad qo'ygan jamoa uchun kim raqib bo'lishining ahamiyati yo'q, biz o'z ishimizni qilamiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA