Sadriddin Abdullaev: "Malayziyadan moliyaviy tomondan yaxshi taklif bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014, 12:42
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi.
Futbolchi "Futbol Ekspress" gazetasiga bu borada o'z fikrlarini bildirdi.

- Chempionatimizning oxirgi turlariga borib malayziyaliklarning qiziqishi haqida eshitdik va bu boradagi muzokaralar boshlangandi. O'zi u erga bormoqchi emasdim. Axir "Lokomotiv" kelasi yili OCHLda ishtirok etadi. Keyin vaziyatni yaxshilab o'ylab, muhokam qildim. Malayziyaliklar har tomonlama qulay taklifni o'rtaga tashlashganidan keyin klubni o'zgartirishga qaror qildim.

- 10 dekabrda Malayziyaga ketamiz. U yerda mavsum 12 yanvarda boshlanadi. Iyungacha davom etadi va Ramazon oyida tanaffus bo'lar ekan. Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

- Agar 22 yoki 23 yoshda bo'lganimda "Lokomotiv"da qolgan bo'lardim. Lekin hozir 30ga qarab ketayapman. Futbolchi faoliyatini yakunlash arafasida bola-chaqasi uchun nimadir ishlab olishi kerak, - deydi Sadriddin Abdullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia