OPL. "Sabah" o'z uyida "Sumqayit" bilan durang o'ynadi, Rahmonaliev to'liq harakat qildi

Alisher Ostonov
28 sen 2025
Ozarbayjon Premer-ligasi 6-tur doirasidagi "Sabah" - "Sumqayit" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.

Joy-Lans Mikels 26-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mehmonlar vakili Rustam Ahmadzada ko'p o'tmay (35-daqiqa) hisobni tenglashtirdi.


28 sen 2025, 20:00
Sabah — Sumqayıt
1 – 1
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia