

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Chelsi" va Ryudiger o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Germaniyalik futbolchi klubdan katta maosh so'rayotgani bunga sabab bo'lgan.
Ayni damda uning xizmatlariga "Real", PSJ, "Bavariya" va "Yuventus" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.
Ryudigerning "Chelsi" bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.



