Ryudiger "Chelsi" bilan muzokaralarni qoldirdi

Alisher
11 sen 2021, 13:23
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni qoldirdi.

28 yoshli germaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni keyinga qoldirdi.

O'yinchi maoshini yiliga 12 mln evroga qadar oshirmoqchi. Himoyachi uchun PSJ da'vogarlik qilmoqda.

Ryudiger o'tgan mavsum 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1