Ruy Patrisiu “Roma”ga o'tish arafasida

13 iyun 2021, 08:31
Portugaliyalik posbon Ruy Patrisiu yozgi transfer oynasi vaqtida “Roma”ga o'tishga yaqin turibdi.

Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvittyerdagi sahifasida ma'lum qildik.

Manbaning xabariga ko'ra, rimliklar darvozabon uchun “Vulverxempton”ga 7 million evro taklif qilishgan. Ingliz klubi esa 10 million evro so'ramoqda. Biroq, “Roma” vakillari bonuslar evaziga ushbu kelishuvni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda. Ma'lum bo'lishicha, 33 yoshli darvozabon uchun “Roma” uch yillik shartnoma taklif qilgan.

Patrisiu 2018 yildan buyon “Vulverxempton” sharafini himoya qilib kelmoqda. U “bo'rilar” safiga Lissabonning “Sporting” klubidan ko'chib o'tgandi. Yakunlangan mavsumda darvozabon APLda 37 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 51 ta gol o'tkazib yubordi va bir marta sariq kartochka bilan “siylandi”.

Patrisiuning “Vulverxempton” bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining taxminiy narxini 10 million evroga baholagan.


Manba: Журналист Николо Скиранинг Твиттер саҳифаси