
- Uchinchi o'yindirki ko'nglim to'lmayapti. Yigitlarimiz o'z imkoniyatlarini yuqori baho berib yuborishdimi yoki “Bunyodkor” salobati bosdimi shogirdlarim qo'rqib o'ynashdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchaydi. Bir hujumchi taktikasini ishlab chiqqandik. Birinchidan safarda, ikkinchidan “Bunyodkor”dek kuchli jamoa bilan o'ynayotgandik. Ikkinchi bo'limda oldingi chiziqni kuchaytirdik. Ammo “qaldirg'ochlar” yaxshi himoyalanishdi. Tarkibimizdagi yo'qotishlar ham o'z so'zini aytdi. Mamur Ikromov, Shahzodbek Nurmatov va Aleksandr Kovalyov singari o'yinchilar yetishmadi, - deydi Rustam To'xtamurodovich.