Rustam Mirsodiqov: “Bir qator futbolchilarning yo'qligi bilindi”

Narzulla Saydullayev
20 sen 2014, 19:33
“Neftchi” – “Metallurg” (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
“Bugun ozgina bizga tajriba yetishmadi. Chunki bugun asosiy tarkibning a'zolari Aleksandr Kovalyov, Zohid Abdullaev, Mirto'ra Akbarov hamda Shahzod Nurmatov turli sabablarga ko'ra maydonga tusha olishmadi. Albatta ularning yo'qligi bugungi uchrashuvda bilindi. Lekim baribir yoshlarga ham imkoniyat berish kerak edi. O'ylaymanki tajribali futbolchilarimiz yo'qligi bilindi", - deb gap boshladi Rustam Mirsodiqov.

- Bungacha “Neftchi”ga kelib qancha o'ynagan bo'lsak, jamoaning o'z o'yin uslubi bo'lardi. Qandaydir ruhiyat bor edi. Lekin bugun bu narsa ko'rinmadi. Bugun yo'qotishlar bo'lgani uchun o'zimizning ham o'yinimizda bu narsa bilindi. Futbolda 2-3 ta yetakchilarning yo'qligi jamoa o'yiniga ta’sir ko'rasatadi. Agarda yuqorida aytib o'tilgan o'yinchilar bo'lganida bugun boshqacha kechardi.

- Mag'lubiyatdan keyin xatoni o'zimdan qidiraman. Qayerdadir xatoga yo'l qoyilgan yoki tarkib tanlash borasida xato qilgan bo'lishim mumkin.

- “Metallurg” yangi jamoa emas. Shuning uchun ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin yigitlarni tayyorlash qiyin kechyapti deb ayta olmayman. Deyarli bir xil tarkib bilan o'ynayapmiz. Shu bois o'ylaymanki keyingi uchrashuvga bollarni tayyorlash qiyin kechmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia