Rustam A'zamov “Andijon”da

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2016, 10:00
Andijonliklar safiga kecha yana bir yangi futbolchi kelib qo'shildi.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismini qo'shni Qirg'iziston chempionatida o'tkazgan Rustam A'zamov “Andijon” ko'rigida bo'lib turibdi. Bungacha mamlakatimizda “Lokomotiv”, “Navbahor”, “Sho'rtan” kabi jamoalarida o'ynagan 24 yoshli futbolchi davralar oralig'ida ma'lum muddat vaqtinchalik “Metallurg” mashg'ulotlarida ham ishtirok etdi.

Endilikda esa Rustam “burgutlar” safida. Ammo u bilan hozircha rasmiy kelishuvga erishilmagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia