Rustam Ashurmatov qachon safga qaytishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
21 avg 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Tehronning "Istiqlol" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov iyul oyida jarohat olgandi.

"Al Hussayn" klubiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Ashurmatov raqib bilan to'qnashuvda jarohat olgandi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, himoyachi taxminan bir oydan so'ng maydonga qaytadi. Shu sababdan "Istiqlol" himoyachini Eron chempionatining birinchi davrasi uchun ro'yxatdan o'tkazdi. 

Oldinroq Eron nashrlarida Rustam Ashurmatov jarohati tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmasligi va "Istiqlol" uni birinchi davra uchun ro'yxatdan o'tkazmasligi haqida xabarlar chiqqandi. 

Futbolchi CAFA musobaqasida O'zbekiston terma jamoasiga yordam bera olmaydi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia