Rustam Ashurmatov: "Maydonga tushsam, jamoamga yordam berishni istayman"

Narzulla Saydullayev
14 may 2023, 09:20
O'zbekiston terma jamoasi va "Rubin" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov kecha "Akron" darvozasiga gol urdi.

Ushbu o'yindan keyin Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinga yaxshi tayyorlangandik. Standartlar ustida ham ko'p ishlagandik, gol urilgan vaziyatda uzatma ham chiroyli chiqdi, raqiblar ham omadli tarzda meni o'tkazib yuborishdi", - deb gap boshladi Rustam Ashurmatov.

- Gol urganda ichingizda qanday hissiyotlar o'tdi?

- Shunchaki o'zimga bo'lgan ishonch ortdi. Maydonga tushsam, jamoaga yordam berishni istayman. Alhamdulilloh gol urdim. Har bir o'yinda uch ochko olish uchun maksimal harakat qilamiz.






O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Рубин" матбуот хизмати