Ruslan Roziev: “Safar oldidan ajoyib holatdamiz”

Narzulla Saydullayev
31 okt 2019
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi noyabr oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ushbu tayyorgarlik doirasida terma jamoamiz kecha “Bunyodkor” akademiyasi maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining xuddi shu yosh toifasidagi terma jamoasini bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Qiziqarli ruhda o'tgan uchrashuvdan so'ng terma jamoa a'zosi Ruslan Roziev bilan suhbatlashdik

- Ruslan, avvalo bahs haqida qisqa fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Ajoyib o'yin bo'ldi. G'alaba qozondik. Saudiya Arabistoni safaridan oldin mukammal holatdamiz. Musobaqaga munosib hozirlik ko'rdik. Maqsad bitta- g'alaba.

- Uchrashuvning qolgan qismida temp biroz pasaygandek ko'rindi. Bu raqibga qarshi ishlangan alohida taktika edimi?

- Raqibimizda g'alabaga intilish va ishtiyoq kuchli ekanligi ko'rindi. Ob-havo ham ta’sir qildi.

- Bilamiz sizda uzoqdan yo'llanadigan yaxshigina zarbalaringiz bor. Ammo, ohirgi o'yinlarda bunga guvoh bo'lmayapmiz negadir...

- To'p bilan erkin muomala qilishga imkon topilmayapti. Vaziyat bo'lishi hamonoq o'zimni uslubimda zarbalar yo'llayman.

- Yig'inga qo'shilmagan Abduvohid Ne'matov va Xojimat Erkinovlar ham jamoa bilan musobaqaga boradimi?

- Albatta. Superliga tur o'yinlari o'z nihoyasiga etgach ixtiyorimizga qo'shilishadi va biz bilan Saudiyaga Arabistoniga borishadi.


Abdulaziz suhbatlashdi




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia