

O'yin haqida
- Bugun hujumkor o'yin namoyish etdik, lekin omad yetishmadi. Tan olish kerak, "Lokomotiv" bizdan tajribali. Tanlagan taktikamiz bo'yicha, standartlardan gol urishimiz kerak edi.
- Ikki asosiy tarkib futbolchingiz ketdi, ularning o'rni bilindimi?
- Albatta, bilindi. Bir nafar futbolchi ketganda ham bilinar edi. Rotaciyalar qildik. Yigitlar harakat qilishdi, ularga etirozim yo'q. Bu futbol. Xato qilmaslikdan hech kim holi emas.
- Bugungi o'yinda yaxshi harakat qilgan Azizbek Bahromovning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ha, uning o'yini yaxshi. Hali 19 yosh bola, gol urdi, harakatlari ham yaxshi. Xudo xohlasa kelajakda yaxshi hujumchi bo'ladi.



