Ruslan Ahmedov: "Andijon"ni tabiiy maydonda qabul qilishimiz mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
11 okt 2022, 19:56
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor Xorazm viloyati rahbarlari, klub muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Ochig'i "Mashal"ning tarkibidagi 70 foiz futbolchilar rotatciya qilingani kutilmagan bo'ldi. O'yinning borishi pragmatik tarzda kechdi. Biz o'z uslubimizdan voz kechmadik. Raqib safida ko'plab yoshlar tushngan bo'lsada, qiyin o'yin o'tkazdik. Ular ikki karra ishtiyoq bilan to'p tepdi. Jamoamiz imkoniyatlardan foydalandi. "Mashal" yaxshi shakllangan jamoa. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman",- deydi Ruslan Ahmedov. 

- Marchianoga oxirgi daqiqalargacha imkon berdingiz. U g'alabani taminladi. Mazkur futbolchini jamoaga kim taklif qilgan?

- Kutilmaganda tanish murabbiyimiz futbolchilar borligini, ko'rikdan o'tkazib ko'rishimizni aytib qoldi. Birinchi liganing "Jizzax-Bars" jamoasida mashg'ulot o'tkazayotgandi. Jamoamizda o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. 

- Keyingi mavsumda jamoa bilan Superligaga yo'llanmasi uchun kurashishga urinib ko'rasizmi?

- Balki bu yil  omadimiz kelsa pley offda o'ynashimiz ehtimoli yo'q emas. Mavsum boshida bunday maqsad yo'q edi. Asosiy vazifa tarkibni yoshartirish edi. Oxirgi yillarga kelib bu futbolchilar ham xatolarini bilyapti. Tajriba to'plashyapti. 

Maxsus komissiya stadionni tekshiryapti. Menimcha, faqat xavfsizlikka oid joylarni to'g'irlash qoldi. "Andijon"ni tabiiy maydonda qabul qilishimiz ham mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia