Rus hakami Saudiya Arabistoni chempionati bahsida ishlaydi

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 17:28
Rossiyalik arbitrlar brigadasi Saudiya Arabistoni chempionati o'yinida ishlash taklifini oldi.

42 yoshli Sergey Karasev 5 may kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvni boshqarib boradi. Karasevga qanotlarda Igor Demeshko va Maksim Gavrilin yordam beradi. VAR hakami – Vitaliy Meshkov.

Saudiya Arabistoni chempionatida UEFA miqyosida ishlayotgan hakamlarni o'yinlarga chaqirish amaliyoti qo'llanmoqda. Hozircha hakamlar qaysi o'yinlarda ishlashi ochiqlanmagan.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal