Karpin: "Hammasi hakamlar tufayli bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
8 dek 2018
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin RPLning 17-turida "Krilya Sovetov"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) Sergey Karasyov boshchiligidagi hakamlar ishini tanqid qildi.

Bahs oxirida ikki jamoa futbolchilari janjal yuzaga keltirishdi, Karpin esa yon hakamga baqirgani va uni turtib yuborgani uchun chetlatildi.

"Rostov" o'yinda ustunlik qildi. 90-daqiqagacha "Krilya" darvozamizga birorta aniq zarba bermadi. Bizga gol yetishmadi.

Hakamlar o'yinni sindirishdi. Bu mushtlashuv va janjallar sababchisi referilar.

Futbolchilarga etiroz? Faqat vaziyatlarni golga aylantirish bo'yicha bor" - deydi Karpin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com