Runi va Sautgeyt soliq to'lashdan bo'yin tovlashda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
8 okt 2016, 17:17
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Garet Sautgeyt soliq to'lashdan bo'yin tovlashda ayblanmoqda.

Bu korrupsiyada ayblangan Sem Ellardays iste'fosidan so'ng sodir bo'ldi.

Sautgeyt umumiy hisobda 434 mln. funt soliq to'lamagan 400 gumonlanuvchilar ro'yxatida aniqlangan. Ularning bari "Avatar" va "Pi hayoti" filmlarini moliyalashtirgan Ingenious firmasiga pul tikishgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi ham bunday ayblanmoqda. Futbolchi pul tikish orqali, soliq to'lamaslik sxemasini ishga solgan. Runi bu ishni 5 yil davomida 4 marotaba amalga oshirgan.

Agar Ueyn Runining aybi isbotlansa, Buyuk Britaniya soliq xizmati futbolchidan 3,5 mln. funt miqdorida jarima undirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror