Runi "Nyukasl"ni boshqarishga tayyor

Alisher
19 okt 2021
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi "Nyukasl"ni boshqarishi mumkin.

Mutaxassisning o'zi bu lavozimni egallash xohishini bildirdi. Runi Stiv Bryus iste'foga chiqarilsa, klubni boshqarishga tayyor.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi "Derbi" rahbariyatiga jamoasini almashtirishni xohlayotganini xabar qildi. "Nyukasl" Ueyn bilan kichik muddatga shartnoma imzolashga tayyor, ammo uning o'zi esa jamoani uzoq vaqt boshqarmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni investicion fondi "Nyukasl"ni 300 million evroga xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Chronicle Live