Runi: “Liverpul” va “Siti”ga qarang, MYUga ham vaqt kerak”

Eldor Akmurzayev
5 mar 2020, 22:00
“Derbi Kaunti” sardori Ueyn Runi Kubok doirasida bugun tungi 00:45da bo'lib o'tadigan MYUga qarshi bahs oldidan sobiq jamoasi haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu vaqt talab qiladi. Menimcha, MYUga yana ikki yoki uch yil kerak bo'ladi. Bazi o'yinchilarni tarkibga jalb qilib, ayrimlarini esa ketkazib yuborish zarur. Bu tezda yuz bermaydi. Van Gaal hamda Mourinyu bunga harakat qilishdi, ammo ularda hech narsa chiqmadi. 

“Liverpul” erishgan yutuqlarga e'tibor qiling. Ular jamoani sotib olishmadi, uni yaratishdi. Masalan, Gvardiola “Siti”ga asta-sekinlik bilan yuqori saviyali futbolchilarni jalb qildi, bu uning uslubi hisoblanadi.

Shuning uchun “Yunayted” biroz sabrli bo'lishi va ularning ikkisiga qarshi tura oladigan jamoa shakllantirishi kerak. Muxlislar esa voqealar rivojini kuzatgan holda ozgina kutishi zarur bo'ladi”, deydi Runi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal