Runi Jerrard va Skoulzdan nimani o'rgangan?

20 iyun 2016, 23:30
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi yarim himoyada o'ynashni davom ettirmoqchi.


- Men har doim vaqti kelib yarim himoya chizig'ida o'ynashimni bilardim. Bu haqida men birinchi marta 24 yoshimda aytgandim. Mana bu ham ruy berdi.
Men Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilar Pol Skoulz va Stiven Jerrard bilan birga o'ynaganman. Mashg'ulot va o'yin vaqtida ularning harakatlaridan o'zimga kerakli jihatlarni o'zlashtirardim va bazi joylarda o'zimdan qo'shimcha kiritardim. Ularning harakatlari va o'yinlariga e'tibor berib, ulardan ko'p narsa o'rganganman.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com