Runi Islandiyaga mag'lub bo'lgan Angliya haqida: "Angliya - Evroning eng yaxshi jamoalaridan biri"

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2024, 14:56
Ueyn Runining fikricha, Angliya Evro-2024da zafar quchishi mumkin.

Kecha, Angliya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Islandiyaga mag'lub bo'ldi (0:1).

"Sautgeytga jamoa amalga oshirgan pressing yoqmagan bo'lsa kerak. O'yindan oldin bu haqda suhbat bo'lmaganga o'xshaydi.

Ushbu bahsda pressing tashkil qila oladigan, yarim himoyachilar va qanot futbolchilar harakati vaqtini nazorat qiladigan futbolchilar etarlicha edi deya olmayman. Maydonda ko'p tajribasi kam o'yinchilar bo'lishining oqibati shu.

Futbolchilar bundan to'g'ri xulosa chiqarishi kerak. Garet kerakli gaplarni ayta olsa kerak. Sabrli bo'lish lozim, chunki Angliya turnirdagi eng yaxshi jamoalardan biri" - deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro