Runi Bobbi Charltonning rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2017, 17:50
"Manchester Yunayted" klubi Angliya kubogi 3-bosqichida "Reding" bilan o'ynamoqda.

Uchrashuvning 7-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Ueyn Runi gol urib hisobni ochdi. Bu gol Runi uchun MYU libosidagi 542-uchrashuvdagi 249-gol bo'ldi. Shu tariqa, hujumchi "qizil iblislar"ning afsonasi bo'lgan Ser Bobbi Charltonning natijasini takrorladi. Sobiq futbolchi MYU safida 758ta o'yinda 249ta gol urib klubning barcha davralar to'purarlari ro'yxatini boshqarib borayotgan edi. Navbatdagi gol Ueyn Runini mutloq rekordchiga aylantiradi.

"Manchester Yunayted" - "Reding" LIVE


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews