Rummenigge "Bavariya"ning "Real" va "Atletiko" sankciyalariga aloqasi yo'qligini aytdi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 14:16
"Real" va "Atletiko"ning FIFA tomonidan qo'llanilgan sankciyalariga "Bavariya"ning aloqasi yo'q.

Bu haqda nemis grandi boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge ma'lum qildi. Bazi OAVning yozishicha, "Real" va "Atletiko" jazolanishidan oldin FIFA "Bavariya"dan hisobot olgan.

"Bavariya" bu borada hech qanday rol o'ynagani yo'q. Bu mish-mishlar yolg'on. "Bavariya" va "Real"ning munosabatlari juda yaxshi ekanligini hamma biladi" - deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz