Rummenigge: "Barcha sovrinlarga ega chiqishimizga 113 yil kerak bo'ldi"

Nadirkhuja Yuldashev
23 dek 2013, 03:30
"Bavariya" jamoasining prezidenti Karl-Xaync Rummenigge Marokashda bo'lib o'tgan JCHdan keyin, klub rasmiy sayti orqali jamoa a'zolariga minnatdorchilik bildirdi.
- Jamoamiz ajoyib murabbiylarga yolchidi. Ulardan biri Yupp Xaynkes uchta sovrinni yutib berdi (Germaniya chempionati, Kubogi va YCHL). Xosep Gvardiola qo'l ostida esa Yevropa superkubogi va jahon chempionatida zafar quchdik. Jamoamizni tashkil topkaniga 113 yil bo'ldi. Mavsum davomida barcha sovrinlarga ega chiqishimizga 113 yil talab qilindi. Endi bu muvaffaqiyatni takrorlash qiyin bo'ladi. Yilni ajoyib sovrinlar bilan yakuniga etkazganligingiz uchun barchangizga tashakkur.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru