Rummenigge: "Alkantara ketishi oldidan meni quchoqlab oldi va besh daqiqa yig'ladi"

Alisher
21 sen 2020, 11:55
Myunxenning "Bavariya" kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge yarim himoyachi Tyago Alkantaraning "Liverpul"ga o'tgani haqida gapirdi.

"Tyago ketish ortida meni quchoqladi, besh daqiqa yig'ladi va aytdi: "Buni qilishga imkon berganingiz uchun rahmat". Men ham ko'z yoshlarimni ushlay olmadim.

Alkantara - ajoyib o'yinchi va zo'r inson. Bu "Bavariya" uchun katta yo'qotish, ammo biz uning tanlovini hurmat qilishimiz kerak", - deydi Rummenigge.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun nemis grandiga 22 million evro to'lashdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Germany