Rufat Akramxo'jaev - "NBU-Osiyo" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2014
Birinchi liganing ko'p yillik ishtirokchisi bo'lgan "NBU-Osiyo" klubiga yangi murabbiy tayinlandi.
"Paxtakor" akademiyasida ishlab kelgan Rufat Akramxo'jaev "bankirlar" bosh murabbiyiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum "NBU-Osiyo" bosh murabbiyi Jafar Irismetov o'z arizasiga binoan iste'foga chiqqandi. Mavsum oxiriga qadar Ravshan Bozorov klubda bosh murabbiy lavozimida ishlagandi.

2014 yilgi mavsumni "bankirlar" birinchi ligada 6-o'rinda yakunlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia