Rudi Garsiya: "Roma" "Milan" - "Yuventus" o'yinidan durang kutmoqda"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2014, 19:45
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya "Milan" – "Yuventus" o'yinida durang qayd etilishiga umid qilmoqda.
"Bu chempionlik uchun ikkita raqobatchimizning o'zaro uchrashuvidir. Durang bo'lsa yaxshi bo'lardi. Agar "Milan" yoki "Yuventus"lar ochko yo'qotishsa, biz uch ochkoni qo'lga kiritishimiz zarur. Albatta, hali aniq nimadir deyish qiyin. Lekin, "Milan", "Napoli" va "Fiorentina"lar sovrin uchun kurashadilar", - deydi rimliklar murabbiyi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru