"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya "Verona"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun bizga tezlik yetishmadi. "Roma" juda sekin o'ynadi. Ushbu stadionda o'ynash juda qiyin. Bu yerda hech kimga oson bo'lmaydi deb o'ylayman. Jekoga keladigan bo'lsak, u bo'limni yaxshi o'tkazdi va gol ham kiritishi mumkin edi", - deydi murabbiy.