“Rubin”ning sobiq ustozi “Valensiya”ni boshqaradi

“Valensiya” klubi matbuot xizmati jamoaga yangi murabbiy tayinlangani haqida xabar berdi.

“Ko'rshapalaklar”ga  ispaniyalik murabbiy Xavi Grasiya bosh murabbiylik qiladi.

Eslatib o'tamiz, 29 iyun kuni “Valensiya” rahbariyati jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Albert Seladesning iste'foga chiqqanligini e'lon qilngandi. Selades 2019 yilning sentyabrida “Valensiya”ga kelgandi. U o'shanda rahbariyat bilan ziddiyatga borgan Marselino Toral o'rnini egallagandi.

Xavi Grasiya 2016-2017 yillarda Qozonning “Rubin” jamoasini boshqargan. Murabbiy faoliyati davomida “Olimpiakos”, “Almeriya”, “Osasuna”, “Malaga” va “Uotford” klublarida ishlagan.



Manba: "Валенсия" клуби расмий сайти