

"Navbahor" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov "Rubin" klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Metaratings.ru nashri xabar berdi. Ashurmatov qishda "Rubin" tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shiladi.
Ma'lumot uchun, Rustam Ashurmatov joriy mavsum namanganliklar safida Superligada 22ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qildi. Jamoadoshlarining 1ta goliga assitentlik qildi. Hakamlar tomonidan 3 bor sariq kartochka bilan jazolandi.



