"Rubin" mehmonda "Sochi"ni mag'lub etdi. Ashurmatov 85-daqiqada maydonga tushirildi, Rahmonaliev esa zaxirada qoldirildi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2023, 23:16
"Rubin" RPL 15-tur doirasida "Sochi" (2:0)ni mag'lub etdi.

"Rubin" safida gollarni Ruslan Bezrukov va Mirlind Daku kiritishdi. "Sochi" Kirill Kravcovning chetlatilishidan so'ng 54-daqiqada bir kishi kam bo'lib qoldi.

Hamyurtlarimizga kelsak, Rustam Ashurmatov 85-daqiqada o'yinga qo'shildi, Umarali Rahmonaliev esa zaxirada qoldirildi.


"Sochi" – "Rubin" 0:2

Gollar: 0:1 – 39 Bezrukov, 0:2 – 66 Daku.

"Sochi": Zabolotniy, Zaika, Miladinovich (Medvedev, 67), Drkushich, Litvinov, Makarchuk (Margasov, 46), Yusupov, Kravcov, Burmistrov, Kramarich, Jordjevich (Melkadze, 34).

"Rubin": Dyupin, Kabutov, Vuyachich, Gricaenko, Teslenko (Ashurmatov, 85), Vada (Lomovickiy, 90), Bezrukov, Randjelovich (Zotov, 71), Ivu, Daku, Chumich (Fameye, 86).

Ogohlantirishlar: Kravcov (6), Yusupov (90).

Chetlatish: Kravcov (54).


RPL TURNIR JADVALI


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia