

"Rubin" safida gollarni Ruslan Bezrukov va Mirlind Daku kiritishdi. "Sochi" Kirill Kravcovning chetlatilishidan so'ng 54-daqiqada bir kishi kam bo'lib qoldi.
Hamyurtlarimizga kelsak, Rustam Ashurmatov 85-daqiqada o'yinga qo'shildi, Umarali Rahmonaliev esa zaxirada qoldirildi.
"Sochi" – "Rubin" 0:2
Gollar: 0:1 – 39 Bezrukov, 0:2 – 66 Daku.
"Sochi": Zabolotniy, Zaika, Miladinovich (Medvedev, 67), Drkushich, Litvinov, Makarchuk (Margasov, 46), Yusupov, Kravcov, Burmistrov, Kramarich, Jordjevich (Melkadze, 34).
"Rubin": Dyupin, Kabutov, Vuyachich, Gricaenko, Teslenko (Ashurmatov, 85), Vada (Lomovickiy, 90), Bezrukov, Randjelovich (Zotov, 71), Ivu, Daku, Chumich (Fameye, 86).
Ogohlantirishlar: Kravcov (6), Yusupov (90).
Chetlatish: Kravcov (54).




