"Rubin" ertaga yangi murabbiyni tanishtiradi

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2014
"Rubin" yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi ertaga, 10-yanvar kuni ma'lum qilinadi.
Sports.ru nashrining xabar berishicha, Statislav Cherchesov klubni boshqarishdan bosh tortganidan so'ng, yangi bosh murabbiyning xorijlik bo'lishi kutilyapti.

Manbaning takidlashicha, murabbiy shartnoma imzolash uchun Moskvaga kelib ulgurgan.

Shunday bo'lsa-da, jamoaning Turkiyada bo'ladigan ilk yig'iniga bosh murabbiy o'rinbosari Renat Bilyaletdinov bilan kyetishi mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru