⚡️ "Rubin" "Bunyodkor"ga rasmiy taklif yubordi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2022, 08:40
Qozonning "Rubin" klubi Umarali Rahmonalievga jiddiy qiziqib qolgan.

Yaqinda "qaldirg'ochlar" bu borada rasmiy taklif olishdi. "Rubin" O'zbekiston U-20 terma jamoasi sardori uchun 50 ming dollar to'lamoqchi bo'lgan. "Bunyodkor" rahbariyati bu so'rovni darhol rad qilib, qozonliklar muzokara stoliga o'tirish uchun jiddiyroq taklif yuborishini bildirgan.

Ma'lumot uchun, 18 yoshli namanganlik yarim himoyachi Superliganing joriy mavsumida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia