Ruben Amorim kechagi mag'lubiyatdan so'ng: "Bugun biz yaxshiroq edik"

Khoja
22 dek 2025, 09:23
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menimcha, bugun biz raqibdan kuchliroq jamoa edik. Brununing jarohati bizga qiyinchilik tug'dirdi, lekin o'yin davomida usiz ham raqiblarimizdan kuchliroq edik. Ularning uzatmalarini juda yaxshi to'sib qo'ydik, ammo ular ham ajoyib harakat qilishdi. Biz juda yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo buni ertaga hech kim eslay olmaydi. Chunki faqat natija muhim", - deb fikr bildirdi murabbiy.

Ushbu o'yindan so'ng, "Aston Villa" 36 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda, "Manchester Yunayted" esa 26 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com