RPLda tur davomidagi qizil kartochkalar bo'yicha antirekord takrorlandi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2021, 23:40
Rossiya chempionati 20-turi chetlatishlarga boy bo'ldi.

Jumladan, ushbu turda hakamlar cho'ntagidan 7 marta qizil kartochkani chiqardi – Igor Smolnikov (“Krasnodar”), Ilya Kuxarchuk (“Ximki”), Maksim Osipenko (“Rostov”), Roman Zobnin (“Spartak”), Oliver Abilgor (|Rubin”), Artem Timofeev (“Axmat”), shuningdek, “Lokomotiva” ustozi Marko Nikolich.

So'nggi bor bu kabi antirekord 2019/20 yilgi mavsumda qayd etilgandi.

Eslatib etamiz, musobaqa jadvalida 42 ochko bilan “Zenit” peshqadamlik qilmoqda. Oston O'runov o'ynayotgan “Ufa” esa 13 ochko bilan so'nggi o'rinni “Tambov” bilan bo'lishib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sportbox.ru