RPL. "Nijniy Novgorod" "Spartak" bilan durang o'ynadi, IbohimHalildan gol

Alisher
19 mar 2022, 17:50
RPL 22-tur doirasidagi "Nijniy Novgorod" - "Spartak" o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida moskvaliklar legioneri Martins Pereyra hisobni ochdi - 0:1. Keyingi daqiqada "Nijniy Novgorod" hisobni tenglashtirdi. Quvonarlisi ushbu golni o'zbekistonlik himoyachi IbrohimHalil Yo'ldoshev urdi - 1:1. GOLNI KO'RISH

Ushbu goldan keyin "Spartak" penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. Biroq Promesning penaltidan urgan goli bekor qilindi. Sababi niderlandiyalik futbolchi penalti tepayotgan vaqtda to'pga ikkala oyog'i tekkan va bu qoida buzilishi hisoblanadi. 

Shunday qilib qolgan vaqtda hisob o'zgarmadi va "Nijniy Novgorod" o'z maydonida durang o'ynadi - 1:1. Bugungi o'yindan keyin "Nijniy"ning ochkolari soni 24taga etdi va jamoa 11-o'rinda.


Nijniy Novgorod – Spartak 1:1
19 mart, Nijniy Novgorod stadioni
Gollar
: 0:1 – 72 Martins Pereyra, 1:1 – 73 IbrohimHalil Yo'ldoshev.
Nijniy Novgorod – Nigmatullin, Gocuk, Masoero, Kakkoev (Kechkesh, 62), IbrohimHalil Yo'ldoshev, Kalinskiy, Sharipov, Kravcov, Stockiy (Aleksandrov, 87), Suleymanov (Gorbunov, 70), Ennin.
Spartak – Selixov, Djikiya, Jigo, Litvinov (Sobolev, 87), Ayrton (Mozes, 46), Xlusevich, Zobnin (Umyarov, 65), Martins Pereyra, Promes, Bakaev (Ignatov, 65), Nikolson.
Ogohlantirishlar: Ennin (43), Suleymanov (56), Stockiy (75), Martins Pereyra (83), Kravcov (88).


RPL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia