RPL. Shomurodov transfer qiymati keskin ko'tarilgan futbolchilar reytingidan joy oldi

Eldor Akmurzayev
29 iyul 2020, 22:25
Transfermarkt portali Rossiya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning narxida keskin o'sish kuzatilgan o'yinchilarning reytingini taqdim etdi.

Unga ko'ra, “Rostov” forvardi Eldor Shomurodovning transfer qiymati 1,3 mln.ga oshgan va umumiy 6,5 mln evro qilib ko'rsatilgan. Narx oshishi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich SSKA a'zosi Nikola Vlashichga (+4,5 mln evro) tegishli.

1. Nikola Vlashich ("SSKA) – 4,5 mln evro qo'shilgan, umumiy 22 mln evro

2-3. Aleksey Miranchuk (“Lokomotiv”) – 18 mln (+3,5)

2-3. Sardor Azmun (“Zenit”) – 18 mln (+3,5)

4. Matias Normann (“Rostov”) – 7,5 mln (+2,7)

5. Xvicha Kvaratsxeliya (“Rubin”) – 4,5 mln (+2,2)

6-7. Dmitriy Barinov (“Lokomotiv”) – 12 mln (+2)

6-7. Vanderson (“Krasnodar”) – 11 mln (+2)

8. Daniil Fomin (“Ufa”) – 3,5 mln (+1,5)

9. Eldor Shomurodov (“Rostov”) – 6,5 mln (+1,3)

10. Jordan Larsson (“Spartak”) – 4 mln (+1,2)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Transfermarkt